Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniya parlamentiga navbatdan tashqari saylovlar boshlandi

Britaniya parlamentiga navbatdan tashqari saylovlar boshlandi

Foto: «Londonvisa.ru»

Buyuk Britaniyada navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda: u «Brexit» taqdirini belgilab berishi zarur.

«RIA Novosti»ning xabar berishicha, saylov uchastkalari payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00 (12:00 tvb) ochildi va 22:00 gacha ishlaydi (13-dekabr 03:00 gacha tvb). Aksariyat uchastkalar maktablarda joylashgan. Bundan o‘quvchilar xursand: darslar qoldirildi. Biroq ularning ota-onalariga davlat dam olish kuni bermadi — britaniyaliklar ishdan oldin yoki keyin saylovda ishtirok etishadi.

Uchastkalar yopilgandan so‘ng ovozlarni hisoblash boshlanadi, dastlabki saylov natijalari chop etiladi. Tuni bilan umumiy manzara shakllanadi va ahamiyatga ega okruglarda g‘oliblar aniqlanadi. Dastlabki umumiy natijalar e’loni hamda partiya yetakchilarining bayonotlari juma kuni ertalabga rejalashtirilmoqda. 13- dekabr kun davomida saylovning birinchi yakuniy natijalari e’lon qilingach g‘olib bo‘lgan partiya yetakchisi hukumatni shakllantirishga ijozat so‘rash uchun Buyuk Britaniya qirolichasiga borayotganini rasman e’lon qiladi. So‘ng besh yil davomida partiyasining ish rejalari haqida nutq so‘zlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring