Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Braziliyada ota o‘z o‘g‘lining davolanishi uchun ehson qilingan pullarni aysh-ishratga sarflab, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

Braziliyada ota o‘z o‘g‘lining davolanishi uchun ehson qilingan pullarni aysh-ishratga sarflab, uning o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: «Nevs.myseldon.som»

Braziliyada ikki yoshli Migel Alves orqa miya mushak atrofiyasidan vafot etdi. Chunki otasi uning davolanishi uchun ehson qilingan pullarning bir qismini o‘g‘rilab, o‘yin-kulguga sarflab yuboradi, deb yozadi «Rambler».

Otasi Mateus Alves va onasi Karin Rodriges 2018-yilda farzandiga dahshatli tashxis qo‘yilgandan beri uni davolash uchun pul yig‘ishayotgandi. Bemorga zarur preparatning har bir dozasi 90,5 ming dollar bo‘lib, u kasallik rivojlanishining oldini olishga yordam berardi. Bolaning ota-onasi deyarli bir yil davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali 248 ming dollar to‘plashadi. Ular pulni to‘rtta hisob raqamga o‘tkazishdi. Har biri ularning yarmini boshqaradigan bo‘ldi. Joriy yil may oyida oila rahbari ishlashga ketayotganini ma’lum qiladi. O‘shandan beri bir-ikki marta oilasidan xabar oladi. Bir kuni oila bekasi hisob raqamdan hamda o‘g‘lining ehsonlaridan ko‘p pul olinganini payqab qoladi. Ayol ko‘nglini shubha-gumon egallaydi va iyulda u politsiyaga murojaat qiladi.

Bolakayning 37 yoshli otasi Mateus Enrike Lerua Alves hashamatli mehmonxonada hibsga olinadi. Ikki oy ichida u qariyb 150 ming dollarni ko‘kka sovurib yuboradi. Alves bu pullarni qimmatbaho kiyim-kechaklar, soatlar, ichkilik va giyohvand moddalarga hamda fohishalarga sarflaydi. Qo‘lga tushgach Mateus politsiyaga tovlamachilar qurboni bo‘lganini bahona qiladi.

Bolakay davlatdan imtiyoz bo‘yicha preparat dozasini olish uchun avgustgacha kutishiga to‘g‘ri keladi. Afsuski, go‘dak 17-oktyabr kuni o‘z uyida hayotdan ko‘z yumadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring