Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidentida teri saratoni bo‘lishi mumkin

Braziliya prezidentida teri saratoni bo‘lishi mumkin

Foto: «RIA Novosti»

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru unda teri saratoni ehtimoli borligini ma’lum qildi.

— Teri saratoni bo‘lishi mumkin. Meni tekshiruvdan o‘tkazishdi. O‘zim buni so‘ramadim, lekin tekshiruvdan o‘tishga bir necha bor taklif etishdi va men o‘tdim, — deydi Bolsonaru jurnalistlarga bergan intervyusida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Avval Bolsonaru operatsiyadan keyin qolgan churrani olib tashlash bo‘yicha muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgandi. 2018-yil 6-sentyabr kuni, saylovdan bir oy oldin Minas-Jerays shtati Juiz-di-Fora shahrida Bolsonaru saylovoldi mitingi vaqtida yaralangandi. Pichoq bilan berilgan zarba qorin bo‘shlig‘idan ichakka qon quyadigan qatqorin arteriyasini shikastlaydi. Bu esa mazkur sohada bir qancha asoratlarni keltirib chiqaradi. O‘shandan buyon prezident bir nechta operatsiyani boshidan o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring