Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boshini igna teshib o‘tgan 3 yoshli qizcha tirik qoldi

Boshini igna teshib o‘tgan 3 yoshli qizcha tirik qoldi

Foto: International Journal of Pediatric Otorhinolaryngology Case Reports

AQShning Yuta shtatida 3 yoshli qizchaning miyasini tikuv ignasi teshib o‘tishiga qaramay, tirik qoldi, deya xabar berdi «Lenta».

Qizaloq o‘ynagani qo‘shnisining uyiga chiqqan, karavotda sakragan va katta tikuv ignasini sehrli tayoqcha deb tasavvur qilgan. Bexosdan qiz qoqilib, polga yiqilgan. Igna bolaning og‘zidan kirib, ensasidan teshib chiqqan.

Qizchani shu zahoti shifoxonaga olib borishgan. Shifokorlar kompyuter tomografiya qilishgan. Unga ko‘ra, igna gipofiz va talamusning orasidan o‘tib, miyaning o‘rtasiga yetgan. Shundan so‘ng doktorlar ignani olib tashlashga muvaffaq bo‘lishgan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, igna hayotiy muhim a’zolarga shikast yetkazmagan. Ular bunday hodisaga birinchi bor duch kelib turishganini tan olishib, qizchani «dunyodagi eng omadli inson» deb atashdi.

Orqamiyani himoyalovchi suyuqlik bolaning burnidan oqib chiqqan. Uni to‘xtatish uchun sakkiz kunga qizchaga drenaj o‘rnatishdi. Ikki haftadan so‘ng bolaning sog‘ligi tiklanib, shifoxonadan chiqdi. Ota-onasiga kelgusida asoratlarning oldini olish uchun qizchaning boshini avaylashni tayinlashdi.

Shifoxonada yotganda qizchaning hayotiga xavf soluvchi bakterial meningitni boshidan o‘tkazgan. Biroq, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki kichik asorat bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring