Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir: «Gretsiya inqirozdan chiqdi»

Bosh vazir: «Gretsiya inqirozdan chiqdi»

Foto: «Kremlin.ru»

Gretsiya inqirozdan chiqdi — Salonikidagi 84-xalqaro ko‘rgazmada Hindiston paviloni ochilishida qatnashgan bosh vazir Kiriakos Mitsotakis shunday bayonot berdi.

«Hindiston shunchaki faxriy mehmon bo‘layotgani yo‘q. Endi, Gretsiya inqirozdan chiqqan bir paytda, mamlakatimizning bosh shiori «Hamma uchun, hamma narsada o‘sish», — dedi grek bosh vaziri.

U 2009-yildan beri Hindiston yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga deyarli ikki baravarga oshira olganiga urg‘u berdi. Ikki mamlakat iqtisodiyotlari mushtarakliklariga to‘xtalgan Mitsotakis grek va hind biznesmenlarini «Yerning barcha burchaklarida» hamkorlik qilishga chorladi.

Bosh vazirning aytishicha, 2021-yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. yevrodan oshishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring