Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziya yaqinida kema 25 nafar dengizchisi bilan yo‘qolib qoldi

Indoneziya yaqinida kema 25 nafar dengizchisi bilan yo‘qolib qoldi

Foto: «Twitter»

Nikel xomashyosi ortib ketayotgan, bortida 25 nafar dengizchi bo‘lgan savdo kemasi Indoneziya qirg‘oqlarida yo‘qolib qoldi. Bu haqda mamlakat Miiliy qidiruv-qutqaruv boshqarmasi rahbari Yusuf Latif ma’lum qildi.

«MV Nur Allya» kemasidan halokat signali kelib tushdi, biz zudlik bilan kema joylashuvi oxirgi marta qayd etilgan joyga yordam uchun yo‘lga chiqdik», — deyiladi xabarda.

Latif kemaga tahdid uyg‘otuvchi nimadir bo‘lgan degan gumonda. Halokat signalidan keyin dengizchilar aloqaga qaytib chiqishmagan, «MV Nur Allya» esa g‘oyib bo‘lgan. Tunda noqulay ob-havo sababli to‘xtatilgan qidiruv ishlari tongdan yana davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring