Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada kuchli yomg‘ir tufayli 62 kishi halok bo‘ldi (Foto)

Yaponiyada kuchli yomg‘ir tufayli 62 kishi halok bo‘ldi (Foto)

Foto: «Rbc.ru»

Yaponiyada kuchli yomg‘ir natijasida 62 kishi halok bo‘ldi, 22 ta prefekturada 4,7 mingta uy zararlandi, deya xabar berdi «NHK» telekanali.

Telekanalning ma’lum qilishicha, kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida 62 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana bir insonning ahvoli o‘ta og‘ir, 17 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.

O‘z navbatida, yong‘in va tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligining xabariga ko‘ra, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 2:30 da kuchli yomg‘ir 4 ming 711 ta uyga zarar yetkazgan.

Agentlik rasmiylari shikastlangan uylar soni ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Negaki, mamlakatning g‘arbiy va sharqiy qismlarida yomg‘ir kuchayishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring