Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolakay 27 yil muqaddam g‘oyib bo‘lgan ayol ishini fosh etdi

Bolakay 27 yil muqaddam g‘oyib bo‘lgan ayol ishini fosh etdi

Foto: Nensi Verenka

Kanadaning Revelstok shahrida yashovchi o‘spirin 27 yil muqaddam g‘oyib bo‘lgan ayolga tegishli avtomobilni topdi. Bu haqda «CBC News» xabar bergan.

Avgust kuni 13 yoshli Maks onasi Nensi Verenka bilan ko‘l bo‘ylab qayiqda suzib yurganda suv ostidagi mashinani payqab qoladi. Ular bu avtomobil 2009-yil sodir bo‘lgan YTH bilan bog‘liq deb o‘ylashadi va Qirollik ot politsiyachisiga murojaat qilishadi.

Maks Verenka

«Biz politsiyachidan nega o‘sha mashinani olib tashlamaganini so‘radik, — deydi Nensi. — Bizga u: «Nimalar deyapsiz? Axir uni chiqarib olganmiz-ku», deya javob berdi.

21 avgust kuni Revelstokdan politsiyachilar voqea joyiga kelishdi, lekin quyoshning yorqin nurlari tufayli suv ostidagi avtomobilni ko‘ra olishmadi. Shunda Maks GoPro bilan ko‘l tubiga sho‘ng‘ib, mashinani suratga oldi.

Uch kun o‘tib politsiya va evakuatsiya xizmati qora rangli Honda Accord modelini quruqlikka chiqarishdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, salondan 1992-yil kuz oyida bedarak ketgan 70 yoshli Janet Farrisning murdasi chiqdi. O‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, onasi YTH yoki uxlab qolishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin.

Жанет Фаррис

Janet Farris

Nensi ko‘p yillik jumboqning tagiga yetish uchun politsiyaga yordam bergan o‘g‘li bilan faxrlanadi. «U bor-yo‘g‘i 13 yoshda, lekin ulg‘ayib qoldi», — deya ta’kidlaydi onasi.

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring