Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiyning Yangi yil murojaati oldingi prezidentlarnikiga o‘xshamadi

Zelenskiyning Yangi yil murojaati oldingi prezidentlarnikiga o‘xshamadi

Foto: «Replyua.net»

Aksariyat davlat rahbarlari kabi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi o‘z xalqiga Yangi yil murojaatini yo‘lladi.

E’tiborli jihati, Zelenskiy so‘zlarini o‘z xalqining hayotini yaxshilashga va’da bergan Ukraina sobiq prezidentlarining murojaatlariga munosabatdan boshladi.

Zelenskiy ular kabi va’dalar berib o‘tirmay, mamlakat fuqarolaridan «Biz kimmiz?» degan savolga javob berishni so‘radi.

Keyin esa o‘zi bu savolga javob berarkan, Zelenskiy, qarashlardagi va e’tiqodlardagi tafovutlardan qat’i nazar, barcha ukrainaliklarni birdamlik hissi birlashtirishi lozimligini ta’kidladi. Aynan birdamlikni u Ukraina milliy g‘oyasi deb atadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring