Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bezos dunyo boylari ro‘yxatida yetakchilikni qaytarib oldi

Bezos dunyo boylari ro‘yxatida yetakchilikni qaytarib oldi

Foto: «AP Photo»

«Amazon» rahbari Jeff Bezos «Forbes» talqiniga ko‘ra dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatiga yana yetakchilik qilmoqda.

Tadbirkor 115,5 milliard dollari bilan «Louis Vuitton Moyet Hennessy» prezidenti Bernar Arnodan o‘zib ketdi. Bernarning boyligi endi 112,9 milliard dollarga baholanmoqda.

Reytingdagi uchinchi o‘rinni «Microsoft» asoschisi Bill Geyts egallagan. Uning «xazinasi» 110,4 milliard dollarga tengdir.

Bir necha kun avval Arno Bezosning o‘rnini egallab, «Forbes» ro‘yxatida yetakchilikni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring