Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin tashuvchi mashina portlashi 95 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi — Tanzaniya

Benzin tashuvchi mashina portlashi 95 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi — Tanzaniya

Foto: «France Presse»

Tanzaniya kasalxonalarida 10-avgustdagi benzin tashuvchi mashina portlashining yana olti nafar jabrlanuvchisi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «France Presse» xabar berdi.

Shu paytgacha 89 kishi ushbu mash’um hodisa qurboniga aylangan edi. Ta’kidlanishicha, benzin tashuvchi mashina portlashi va yong‘in oqibatida kuyish jarohati olgan yana 20 nafar bemor kasalxonalarda qolmoqda. Ularga intensiv terapiya bo‘limida yordam ko‘rsatilyapti, qolganlarga uylariga javob berilgan.


Mavzuga oid: Andijonda spirt tashuvchi katta yuk mashinasi ag‘darilib ketdi (video)


Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni Tanzaniya sharqidagi Morogoro shahrida benzin tashuvchi mashina haydovchisi mototsiklchi bilan to‘qnashuvdan qochib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashina ag‘darilib ketgandi. Mahalliy aholi esa fursatni boy bermay, to‘kilgan benzinni idishlarga yig‘ib olishga kirishgan. Guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, shu yerdagilardan birining sigareta chekishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan va shu kunning o‘zida 61 kishi halok bo‘lgandi...

Ertasi kuni mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring