Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belgiyalikning lotereyasiga 50 million yevrodan ko‘proq yutuq chiqdi

Belgiyalikning lotereyasiga 50 million yevrodan ko‘proq yutuq chiqdi

Foto: «Day.az»

«EuroMillions» lotereyasida qatnashgan belgiyalikka jek-pot nasib etdi — bugundan u millioner. Lotereya matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, yutuq 50 million yevrodan ko‘proq.

Omadli bu inson beshta asosiy raqamni va ikkita «baxtli yulduz»ni to‘g‘ri topgan.

«EuroMillions» sharofati bilan yiliga bir necha nafar belgiyalik millionerga aylanmoqda. Shu yilning avgust oyida mamlakatning bir fuqarosi 108 million yevro yutgandi, 2016-yil oktyabrida esa belgiyalik farrosh 168 million yevro yutib, qirollik tarixidagi eng omadli insonga aylandi. 2017-yilda mamlakatning ikki fuqarosi ushbu lotereyada qatnashib, 153 va 23 milliondan yutib oldi.

«EuroMillions»ning ilk lotereyasi 2004-yilning 13-fevral kuni o‘ynalgan bo‘lib, unda Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya fuqarolari qatnashgan. 2004-yil oktyabridan yana olti mamlakat — Lyuksemburg, Belgiya, Shveysariya, Portugaliya, Irlandiya va Avstriya lotereyaga qo‘shildi. Lotereyadan tushgan yutuq uchun faqat Shveysariyada soliq solinadi. Bitta lotereya chiptasi 2,5 yevro turadi. Ishtirokchilar soni 200 million kishigacha yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring