Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Belarusning akasi». Lukashenko: «Meni G‘arbda hech kim kutayotgani yo‘q»

«Belarusning akasi». Lukashenko: «Meni G‘arbda hech kim kutayotgani yo‘q»

Foto: RT

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani Minskning «jig‘iga tegish» va o‘ziga og‘dirishga urinish o‘rniga, qiyin vaziyatlarda ham «aka» bo‘lib qolishga chaqirdi. Uning aytishicha, belaruslar Rossiyani sotishga yo‘l qo‘ymaydi.

«Biroq biz katta akadan katta akaligicha qolishini talab qilyapmiz. Jig‘imizga tegishga, o‘ziga og‘dirishga urinmasin, boshimizga mushkul tushganda qo‘llab tursin», — Lukashenkodan iqtisbos keltirmoqda BelTA.

Prezident Rossiya va Belarus — bir xalq ekanini «ming marta» aytganini qo‘shimcha qilib, Minsk tashqi siyosatda go‘yoki G‘arbga yuzlanib olgani haqidagi gaplarni inkor etdi.

«Lukashenko G‘arbga yuzlanib oldi, demang. Qulog‘ingizga quyib oling, shaxsan meni G‘arbda hech kim kutayotgani yo‘q», — dedi respublika prezidenti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring