Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus prezidenti o‘g‘il tarbiyasida «kamar»ga urg‘u berdi

Belarus prezidenti o‘g‘il tarbiyasida «kamar»ga urg‘u berdi

Foto: «RIA Novosti»

Aleksandr Lukashenko harbiy poligonga borganida jurnalistlarga bolalikda o‘g‘lini qanday jazolaganini aytdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Yaxshi kamar ba’zan bola uchun foydali. Viktor, katta o‘g‘il bo‘lgani uchun ko‘pincha mendan oladiganini olgan, — deydi Lukashenko.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Dmitriy — o‘rtancha o‘g‘li — buni ko‘rib, yuvosh tortgan. Kichik o‘g‘li Nikolayni esa Lukashenko umuman jazolamagan.

Chunki u bunga zarurat qoldirmagan, — deb ta’kidlaydi prezident.

Umuman olganda, Belarus yetakchisi bolalarni jazolash tarafdori emasligini, lekin ba’zi vaziyatlarda boshqa iloji qolmasligini tan olgan.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Belarus o‘z hayotini barpo etishda va farzandlarini tarbiya qilishda G‘arb formulasiga emas, slavyan an’analari hamda hayotiy tajribalariga tayanadi.

Ularda (G‘arbda — tahr.) hademay oila bo‘lmaydi: erkak erkakka uylanadi yoki turmushga chiqadi. Hech kim bola tug‘may qo‘yadi. Biz esa oiladagi qandaydir axloq qoidalarini ulardan o‘zlashtiryapmiz, — deydi Lukashenko.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring