Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayrutdagi dahshatli portlash oqibatlari (foto)

Bayrutdagi dahshatli portlash oqibatlari (foto)

4-avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda kuchli portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Portlash to‘lqini yaqin atrofdagi binolarni titratib, derazalarni sindirib, mashinalarni ag‘darib yubordi. Xalqaro aeroport binosi ham shikastlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 mingga yaqin odam jarohat olgan, ammo bu ham hali aniq raqam emas. Kamida 70 kishi o‘lgani haqida xabar berilgan. Halok bo‘lganlar orasida Livanning «Al-Qatayb» partiyasi rahbari, jarohatlanganlar orasida Livan Bosh vazirining rafiqasi va qizi ham bor.

Hodisaning sabablari hanuzgacha o‘rganilmoqda. Talqinlardan biriga ko‘ra, kuchli portlashga port omboridagi nitratning yonishi sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring