Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avval musulmonlarga qarshi bo‘lgan siyosatchi islom dinini qabul qildi

Avval musulmonlarga qarshi bo‘lgan siyosatchi islom dinini qabul qildi

Foto: «Dutch News»

Gollandiyalik sobiq millatchi siyosatchi, «Mustaqillik partiyasi» a’zosi Yoram van Klaveren islom dinini qabul qildi. Bu haqda «Dutch News» xabar berdi.

Musulmonlarni keskin tanqid qilishi bilan tanilgan van Klaveren islom dini haqida kitob yozish chog‘ida o‘zi uchun ko‘plab yangiliklar kashf qilgan.

«Men islomni obro‘sizlantirish va unga nisbatan salbiy qarashlarni shakllantirish bilan shug‘ullanib kelganman. Ammo uni o‘rgana boshlagach, dunyoqarashim o‘zgardi», — degan van Klaveren.

Nashrning eslatishicha, bu Gollandiyada millatchi siyosatchilarning islom diniga o‘tishi bilan bog‘liq birinchi misol emas. 2013-yilda aynan ushbu partiyaning yana bir a’zosi Arno van Doorn ham islom dinini qabul qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring