Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning eng xavfli raqiblari qaysi davlatlar ekani aytildi

AQShning eng xavfli raqiblari qaysi davlatlar ekani aytildi

«Rossiya va Xitoy AQSh xavfsizligiga eng jiddiy tahdiddir», deya ma’lum qilgan Pentagon rahbari Mark Esper tashkilotning rasmiy saytida.

«AQSh milliy mudofaa strategiyasi buyuk davlatlar o‘rtasidagi raqobatni qaytarishga asoslanadi», deydi u. Esperning ta’kidlashicha, harbiy salohiyatning oshishi tufayli Xitoy Rossiya bilan taqqoslanganda jiddiyroq xavf tug‘diradi.

Iyul oyida Pentagon razvedka boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Robert Eshli Moskva Vashingtonga va Pekinga uzoq muddatga tahdid solishini aytgandi.

Eshlining ta’kidlashicha, Rossiyaga bu tarif juda mos keladi.  AQSh uchun «ekzistensial tahdid» bu «bir necha ming yadro quroli»ga ega Rossiyadir. «Xitoy esa iqtisodiy jihatdan yetakchi raqobatchi hisoblanadi. Bu hali uzoq muddat davom etadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring