Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda uch nafar xitoylik harbiy ob’yektlarni suratga olgani uchun sud qilindi

AQShda uch nafar xitoylik harbiy ob’yektlarni suratga olgani uchun sud qilindi

Foto: «AP Photo/Jacquelyn Martin»

Payshanba kuni Xitoyning uch nafar fuqarosi AQShning Ki-Uestdagi (Florida shtati) harbiy-dengiz bazasida harbiy ob’yektlarni suratga olgani uchun 9 — 12 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi, deyiladi Florida janubiy okrugi prokuraturasi banoyotida.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili 26-dekabr kuni harbiy-dengiz bazasi hududiga noqonuniy kirgani hamda baza atrofidagi ob’yektlarni foto va video tasvirga olganini tan olgan 27 yoshli Lyao Lyuyyu 12 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Gap «muhim harbiy uskunalarni» suratga olish haqida bormoqda.

Xitoyning yana ikki fuqarosi — 25 yoshli Chjan Szelun va 24 yoshli Van Yuyxao ham 4-yanvar kuni bazaga noqonuniy kirganini hamda harbiy ob’yektlar va harbiy-dengiz infratuzilmasini suratga olganini tan olishgan. Ular tegishli tartibda 12 va 9 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

«CNN» telekanalining ta’kidlashicha, bu voqealar o‘tgan yili Xitoy elchixonasining ikki nafar xodimi Virjiniya shtatida harbiy baza hududiga kirgandan so‘ng mamlakatdan chiqarib yuborilgandan so‘ng sodir bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring