Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda samolyot odamni urib ketdi

AQShda samolyot odamni urib ketdi

Foto: «RIA Novosti»

Amerikaning (Texas shtati) Ostin shahrida qo‘nayotgan samolyot aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagida odamni urib ketdi.

«Ostin Bergstrom xalqaro aeroporti kechqurun 17R uchish-qo‘nish yo‘lagida qo‘nayotgan samolyot odamni urib ketganidan va uning halok bo‘lganidan xabardor», — deya ma’lum qildi aeroport «Twitter»da.

Keyingi bayonotga ko‘ra, «Southwest Airlines» aviakompaniyasiga qarashli samolyot uchuvchisi uchish-qo‘nish yo‘lagida begona odamni payqagan va bu haqda dispetcherni ogohlantirgan. Shundan so‘ng aeroport vakillari voqea joyiga yetib borishgan. Lekin kech bo‘lgandi. Ular uchish-qo‘nish yo‘lagida hodisa qurboniga duch kelishgan. Aeroportga yetib kelgan qutqaruv xizmati xodimlari erkakning vafot etganini aniqlashgan.

Halokat oqibatida uchish-qo‘nish yo‘lagi yopilgan. Ammo tez orada ish tartibi tiklanishi zarur, deyiladi aeroport xabarida. Tekshiruv ishlari Ostin politsiyasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring