Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda haydovchi qor otgan bolalarni o‘qqa tutdi

AQShda haydovchi qor otgan bolalarni o‘qqa tutdi

Foto: «Ok.ru»

Viskonsin shtat Miluoki shahrida avtomobil haydovchisi uning mashinasi qor otgani uchun 12 va 13 yoshlardagi ikki nafar bolaga o‘q uzib, ularni yaraladi, deya xabar berdi shahar politsiyasi.

Politsiyaning «Twitter»da xabar berishicha, 12 yoshli qizcha va 13 yoshli yigitcha boshqa bolalar bilan birgalikda yonidan o‘tib ketayotgan avtomobillarga qor yumaloqlab otishgan. Bunday qor koptokchalaridan biri «Toyota» rusumidagi oq avtomobilga borib tekkan. Uning haydovchisi qurol chiqarib, bolalarni o‘qqa tutgan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, o‘qotar quroldan jarohatlangan bolalar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.

Politsiya gumonlanuvchi shaxsni izlamoqda va hodisani o‘rganmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring