Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda harakatlanayotgan poyezdni talon-toroj qilishdi (video)

AQShda harakatlanayotgan poyezdni talon-toroj qilishdi (video)

Foto: «Vk.com»

Chikagoda bir to‘da amerikaliklar yonidan o‘tib ketayotgan poyezdni talon-taroj qilishdi. Tasvirga olingan hodisa videosi «KaySwiss Roll»ning YouTube-kanaliga joylangan.

Tasvirlarda talonchilarning bir guruhi poyezddan texnika va shunga o‘xshash tovarlarni uloqtirayotgani, ikkinchi guruhi esa ularning ortidan yugurib, buyumlarni tashiyotganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni qamrab olgan tartibsizliklarni ichki terrorizm deb atagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, norozilik tashkilotchilari va ishtirokchilari uzoq muddatga qamaladi.

Vandalizm, politsiyaga hujum va tartibsizliklardan iborat noroziliklar AQShning o‘nlab shaharlarida kuzatilyapti. Bunga Minneapolisda (Minnesota shtati) qora tanli Jorj Floydning shafqatsizlarcha hibsga olinishidan so‘ng vafot etishi sabab bo‘lgan. To‘qnashuvlar paytida ikki nafar politsiyachi o‘qdan yaralangan, ulardan biri halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring