Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda 6,2 foizlik daromad solig‘ini yana kamaytirishmoqchi. Nega?

AQShda 6,2 foizlik daromad solig‘ini yana kamaytirishmoqchi. Nega?

Foto: «Oknovusa.com»

«The Washington Post» Oq uydagi manbalariga asoslanib xabar berishicha, prezident ma’muriyati ish haqidan to‘lanadigan soliqlarni qisqa muddatga kamaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Maqsad: milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish, ehtimoliy retsessiyaga barham berish va iqtisodiy o‘sish sur’ati pasayishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari ehtimoliy inqiroz borasidagi xavotirlar kuchayib borishiga chek qo‘yish uchun ana shu va boshqa choralarni muhokama qilishyapti. Bu tashabbuslarni Kongress hukmiga havola etish kerakmi — yo‘qmi, ijroiya hokimiyati vakillari hozircha bir to‘xtamga kelishgan emas.

Ayni paytda aksariyat amerikaliklarning ish haqidan 6,2 foizi soliqqa chegirib qolinyapti. Bu mablag‘lar tibbiy va ijtimoiy sug‘urtalash bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.

Bunday savob ishga prezident Barak Obama ham qo‘l urgandi: iste’mol xarajatlari o‘sishini qoplash uchun soliq stavkalari 4,2 foizgacha kamaytirilgandi. 2013-yildan esa soliqlar yana avvalgi holatiga qaytarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring