Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh — Xitoy savdo urushida yangi raund boshlandi

AQSh — Xitoy savdo urushida yangi raund boshlandi

Foto: «The Straits Times»

Vashington Xitoydan olib kirilayotgan mollarga umumiy qiymati 300 mlrd. dollarlik qo‘shimcha 10 foizlik boj joriy etilishini rasman e’lon qildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi bugun, 15-avgust kuni XXR Davlat kengashi qoshidagi bojxona bojlari bo‘yicha qo‘mita vakiliga asoslanib xabar tarqatdi.

XXR Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe Oq uy maxsus vakili Robert Laytxayzer hamda AQSh moliya vaziri Stiven Minuchin bilan betinim o‘tkazgan telefon orqali muzokaralarga qaramasdan, amerikaliklar o‘z qarorlarini o‘zgartirishmadi.

Xabarda aytilishicha, endi Xitoy qarshi javob choralari ko‘rishga majbur, chunki AQShning xatti-harakatlari Osakada o‘tgan «Yigirmalik guruhi» sammitida ikki mamlakat rahbarlari  Si Szinpin va Donald Tramp o‘rtasida tuzilgan kelishuvga mutlaqo ziddir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring