Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh va «Tolibon»ning navbatdagi muzokaralari natijasiz yakunlandi

AQSh va «Tolibon»ning navbatdagi muzokaralari natijasiz yakunlandi

AQSh va «Tolibon» harakat o‘rtasida olib borilayotgan muzokaralarning navbatdagi doirasi natijasiz yakunlandi. Keyingi muzokaralar qachon boshlanishi esa hozircha noma’lum. Bu haqda Azon xabar berib o‘tdi.

Muzokaralar o‘tgan yili Qatarda boshlangan edi. AQSh toliblardan hujumlarni to‘xtatishni va Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara boshlashni istamoqda. «Tolibon»ning talabi esa xorijlik askarlarning Afg‘onistonni tark etishi.

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Tvitterdagi sahifasida ayni paytda tomonlar texnik muammolarga e’tibor qaratayotganini va uchrashuvlar samarali kechganini yozdi.

AQSh va «Tolibon» o‘rtasidagi muzokaralarda Afg‘oniston hukumati ishtirok etmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring