Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Tolibon bilan shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda

AQSh Tolibon bilan shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning bayonotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 29 fevral kuni toliblar bilan shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda.

AQSh avvalroq «Tolibon» bilan Afg‘onistondagi yetti kun tinchlik masalasini muhokama qilgan. Bu vaqtda «Tolibon» radikal harakati portlashlar va raketa hujumlarini uyushtirmaslikka va’da bergan. Xabar qilinishicha, mamlakatda zo‘ravonlikni kamaytirish davri yaqin kunlarda boshlanishi kerak. «Tolo» kanalining Afg‘oniston Milliy Xavfsizlik Kengashining qaroriga tayanib xabar berishicha, Afg‘onistonda tinch yetti kun jarayoni juma kunidan shanbaga o‘tar kechasi boshlanadi.

«So‘nggi haftalarda Doxadagi AQSh muzokarachilari «Tolibon» harakati bilan Afg‘onistondagi zo‘ravonlikni kamaytirish uchun kelishib oldilar. Ushbu choralar muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so‘ng AQSh va «Tolibon» guruhi o‘rtasida bitimni imzolash jarayonida oldinga borish kutilmoqda. Biz «Tolibon» bilan kelishuvni imzolashga tiyyorlanyapmiz», — dedi Pompeo.

Manba: azon.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring