Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh qurolli kuchlari Suriyada Rossiya harbiylarining yo‘lini to‘smoqda

AQSh qurolli kuchlari Suriyada Rossiya harbiylarining yo‘lini to‘smoqda

AQSh qurolli kuchlariga tegishli harbiy texnika Suriyaning Xaseke provinsiyasidagi Amuda aholi maskanida Rossiya qo‘shinlari kolonnasining yo‘lini to‘sdi.

Amerika harbiylari M4 trassasidan kiradigan yo‘llarni harbiy texnikalar bilan to‘sib olgan. Shu tariqa aholi punktiga Rossiya harbiylarining kirishiga yo‘l qo‘yilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda bunday holatlar ko‘payib bormoqda. Fevral oyi boshlarida xalqaro koalitsiyaning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jeyms Jeffri Suriyaning shimoli-sharqida Rossiyaga tegishli xususiy harbiy kompaniyalar bilan to‘qnashuvlar ko‘payganini ta’kidlab o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring