Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh prezidenti «Forbes» reytingida nechanchi o‘rinda?

AQSh prezidenti «Forbes» reytingida nechanchi o‘rinda?

Foto: «Politico»

«Forbes» yozishicha, prezident Donald Tramp shu yil davomida AQShning eng boy fuqarolari reytingida 16 pog‘onaga pastlagan.

Jurnal xabariga ko‘ra, Trampning boyligi so‘nggi ikki yilda deyarli o‘zgarishlarga uchramagan va taxminan $3,1 mlrd.ni tashkil etmoqda. Bu yil «Forbes» amerikalik prezidentni «top-400»ning 275-qatoriga joylashtirdi. Umuman olganda, Tramp prezidentlik yillarida 119 pog‘onaga pastlagan.

AQShning eng boy fuqarolari uchligi o‘zgarishsiz qolmoqda. Birinchi o‘rinda — «Amazon» asoschisi Jeff Bezos ($114 mlrd.). Ikkinchi o‘rinda — «Microsoft» asoschisi Bill Geyts ($106 mlrd.), uchinchi — sarmoyador Uorren Baffet ($80,8 mlrd.),

Mark Sukerberg («Facebook») to‘rtinchi o‘rinda — 69,6 milliard dollar, Larri Ellison («Oracle») — 65 milliard dollar.

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, 275-o‘rinda Donald Tramp yolg‘iz emas, yana 11 nafar milliarder  u bilan teng boylikka ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring