Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Afg‘onistondagi elchisini chaqirib oldi

AQSh Afg‘onistondagi elchisini chaqirib oldi

Foto: «EADaily»

AQShning Afg‘onistondagi elchisi Jon Bass ikki yillik faoliyatidan so‘ng Kobulni tark etdi. Bu haqda 6-yanvar kuni «Associated Press» xabar berdi.

Elchining almashtirilishiga Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sabab qilib ko‘rsatilyapti. Yangi elchi tayinlangunga qadar Bassning vazifasini ilgari Turkiya va Ozarbayjonda elchi bo‘lgan Ross Uilson bajarib turadi.

Nyu-Yorkdagi voqealardan so‘ng, AQSh Afg‘onistonga 2001-yilda qo‘shin kiritgan edi. Shundan beri amerikalik harbiylar Afg‘onistonni tark etgan emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring