Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple bahosi ikki trillion dollardan oshdi

Apple bahosi ikki trillion dollardan oshdi

Foto: «Iphonefirmware.com»

19-avgustdagi savdolar chog‘ida Apple kapitali ikki trillion dollardan oshdi. Amerikaning birorta ham kompaniyasi ilgari bu darajada yuqori baholanmagan. Mart oyidan beri uning narxi ikki baravar ko‘tarilgan, deya xabar berdi «Reuters».

Apple aksiyalarining bahosi 1,4 foizga oshib, 468,63 dollarga yetdi. Investorlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Apple foydalanuvchilari koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq inqiroz davrida ham, yopiq savdo nuqtalarida ham uning mahsulotlarini xarid qilishda davom etishgan. Iyun oyida Apple daromadi barcha toifalarga ko‘ra va barcha geografik mintaqalarda ko‘tarilgan.

Hozirgi kunda AQShning asosiy texnologik korporatsiyalari (Apple, Amazon, Microsoft, Alphabet) kapitalizatsiyasi olti trillion dollardan oshadi.

Apple aksiyalarining birdaniga oshishi kompaniyaning amaldagi rahbari Tim Kukning dollarli milliarderga aylanishiga olib keldi. Biroq bu ochiq manbalardan olingan ma’lumotlar. Ekspertlarning fikricha, Kukning mol-mulki kamroq bo‘lishi ham mumkin. U katta-katta mablag‘larni hayr-ehson qilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring