Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Antarktidada «qizil qor» yog‘di

Antarktidada «qizil qor» yog‘di

Foto: «Facebook»

Antarktikadagi «Akademik Vernadskiy» stansiyasi joylashgan hududda qizil qor yog‘di, deb xabar bermoqda Ukraina Ta’lim va fan vazirligi «Facebook»dagi sahifasida.

Ta’kidlanishicha, qorning bunday rangi «Chlamydomonas nivalis» (qorli xlamidomonada) mikroskopik qor suvo‘tlari sabab yuzaga keladi. Ularning sporalari past haroratga chidamli bo‘ladi va issiqda o‘sa boshlaydi. Antarktidada ayni paytda yoz.

Foto: «Facebook»

Hisobotda shunga o‘xshash hodisani Arktika va Alp tog‘larida uchratish mumkinligi aytilgan.

Tabiatning bunday g‘aroyib mo‘jizalari avval ham kuzatilgan. Jumladan, avvalgi yillarda Ukrainada «sariq qor», 2018-yilda esa Gruziyada (aynan shunday) «qizil qor» yoqqan.

Avvalroq, dunyodagi eng katta aysberg Antakrtidadan ajralib, ochiq okeanga qo‘shilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring