Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angliyada qo‘llari bog‘liq o‘nta skelet topildi

Angliyada qo‘llari bog‘liq o‘nta skelet topildi

Foto: «Depositphotos»

Buyuk Britaniya janubi-sharqida joylashgan Milton-Keyns shahrida turar-joy binolar qurilishi vaqtida qo‘llari bog‘langan skeletlar ko‘milgan jumboqli qabrlar topildi, deya xabar berdi «Livescience» portali.

Mahalliy «MK Citizen» nashrining aniqlashicha, bu hodisa dekabrda sodir bo‘lgan. Jami 42 ta skelet topilgan bo‘lib, ular kichik chuqurlikda joylashgandi.

Tuman kengashi a’zosi Robin Stachberining so‘zlariga ko‘ra, qo‘llarining bog‘liqligi skeletlar qatl etilgan mahbuslarga tegishli ekanligini bildiradi.

«Ular Anglo-Sakson davriga (o‘shanda Bakingemshirda qotilliklar yuz bergan) yoki Fuqarolik urushlari davriga (XVII asrdagi Angliya inqilobi: bunda ham qurbonlar bo‘lgan) talluqli bo‘lishi mumkin», — deydi amaldor.

Uning ta’kidlashicha, topilma graflik uchun katta tarixiy ahamiyatga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring