Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«An-26» qulashida omon qolgan yagona inson halokat qanday sodir bo‘lganini aytdi

«An-26» qulashida omon qolgan yagona inson halokat qanday sodir bo‘lganini aytdi

Foto: «Newsroom»

Ukraina harbiylarining «An-26» samolyoti 25-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:45 da (22:45 t.v.) Chuguyev shahri yaqinida o‘quv parvozi paytida qulab tushgani haqida xabar bergandik. Samolyot bortidagi 27 kishidan 25 nafari halok bo‘lgan, ikki nafari omon qolgandi. Keyinchalik, og‘ir jarohatlar oqibatida, ularning ham biri vafot etgan.

Ushbu halokatda omon qolgan yagona inson — Vyacheslav Zolochevskiy. Uning aytishicha, hammasi xuddi «kompyuter o‘yini»dagi kabi sodir bo‘lgan, bir muddat u hushini yo‘qotgan. O‘ziga kelgach esa, samolyot qoldiqlari orasidan chiqib olib, yonib yotganlardan birinchi o‘chirishga uringan.

Halok bo‘lganlardan birining onasi aytishicha, o‘g‘li so‘nggi marta halokatdan bir kun avval qo‘ng‘iroq qilib, samolyotning nosozligini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, samolyotning motorlari tez-tez buzilib turgan, yozmoqda «24 kanal».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring