Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amerikani qutqarish» rejasi e’lon qilindi

«Amerikani qutqarish» rejasi e’lon qilindi

Bayden ma’muriyati ilgari surgan 1,9 trln AQSh dollarlik «Amerikani qutqarish» rejasi tasdiqlandi. Mazkur mablag‘ning mamlakat iqtisodiyotini tiklashga yo‘naltirilishi AQSh tarixida misli kuzatilmagan voqea sifatida baholanmoqda. Investopedia.com bu boradagi tahliliy maqolani e’lon qildi.

Yordam paketi o‘z ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, ishsizlik nafaqasining uzaytirilishi, uy ijarasini to‘lamagani uchun ijarachining uydan chiqib ketishi yoki uyni tortib olishga doir moratoriyni davom ettirish hamda bolalar uchun soliq imtiyozi (bu imtiyoz har bir oiladagi bola uchun soliq to‘lovchilarga tadbiq etiladigan imtiyoz hisoblanadi), COVID-19 ga qarshi emalashni subsiyadalash kabilarni o‘z ichiga olgan.

Ushbu yordam paketi shtat va mahalliy hukumatlarga pandemiya natijasida kamaygan soliq tushumlarini qoplash imkonini beradi. Shuningdek, bolalar bog‘chasi va umumiy o‘rta ta’lim maktabining sakkizinchi sinf bosqichigacha bo‘lgan sinflarni pandemiya talablariga mos ravishda faoliyatini  qayta boshlash yordam paketining asosiy maqsadlaridan biri.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy to‘lovlar

Mazkur yordam paketida  yillik daromadi 75,000 AQSh dollaridan kam bo‘lgan fuqarolarga 1400 AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantiruvchi to‘lovlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumot uchun, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ikkinchi marotaba berilishi lozim bo‘lgan rag‘batlantirish paketini 600 AQSh dollardan 2000 AQSh dollariga yetkazish lozimligini bildirgandi.

Qayd etilishicha, yillik daromadi 75,000 AQSh dollardan kam bo‘lgan har bir shaxs hamda daromadi 150,000 AQSh dollardan kam bo‘lgan oilalar yosh chegarasidan qat’i nazar mazkur yordam pulini olish huquqi berilmoqda. Biroq bir shaxsning yillik daromadi 80,000 AQSh dollar, bir oilaning daromadi 160, 000 AQSh dollardan ortiqroqni tashkil etsa, yordam pullari qiymati mos ravishda kamroq miqdorda belgilanadi.

Ishsizlik imtiyozlarining ko‘paytirilishi

Amerikani qutqarish rejasi to‘g‘risidagi qonunda ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lovlarini oladigan barcha jismoniy shaxslar uchun haftasiga 300$ dan to‘lanadigan mablag‘ 2021 yilning 6 sentyabrgacha uzaytirildi. Bundan tashqari, 2020 yilda yillik daromadi 150 ming dollardan kam bo‘lgan fuqarolarga 10,200 dollargacha soliq imtiyozlari berilishi ham rejalashtirilmoqda. Shuningdek ishsiz fuqarolarning 2020 yil davomida ishsizlik nafaqasidan soliq ushlab qolingan bo‘lsa, ular soliq deklaratsiyasi orqali to‘langan summasini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Qolaversa, hujjat «COBRA» tibbiy sug‘urta dasturinining ustama to‘lovlarini ham 100% subsidiyalashni nazarda tutgan.

Moratoriylar saqlanib qolmoqda,  moliyaviy yordam ko‘paydi

2021 yil 31 martga qadar uy ijarasini to‘lamagani uchun ijarachining uydan chiqib ketishi yoki uyni tortib olinishi kabilarga bo‘lgan moratoriy rejaga muvofiq uzaytirilmaydi. Ammo, kredit, ijara va kommunal xizmatlar to‘lovlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

Qonunchilikda esa yana  quyidagilar belgilangan:

  1. 1. 2027 yilning 30 sentyabrgacha ijaraga berishda yordam uchun 21,55 mlrd AQSh dollar;
  2. 2030 yil 30 sentyabrgacha bo‘lgan davrda uy-joy vaucherlarini ajratishga 5 mlrd AQSh dollar;
  3. Amerikada istiqomat qiluvchi mahalliy qabilalar uylarini yaxshilash uchun 100 mln AQSh dollar;
  4. 2022 yilning 30 sentyabrgacha shahardan olis hududlardagi uylarga 100 mln AQSh dollar;
  5. Boshpanasiz qolgan fuqarolarga yordam berishga esa 5 mlrd AQSh dollar ajratiladi.

Oziq-ovqat yordami

Joriy yilning 30 sentyabrgacha oziq-ovqat dasturi (SNAP) hajmini 15% ga oshirish va 2023 yil 30 sentyabrga qadar shtatlar miqyosida ushbu yo‘nalishga yana 1,15 mlrd AQSh dollar ajratish rejalashtirilgan. Kelgusida oziq-ovqat tarmog‘iga qo‘shimcha 1 milliard AQSh dollar yo‘naltiriladi. Ayollar, go‘daklar va bolalar (WIC) dasturi bo‘yicha naqd pulli voucherlar miqdorini oshirish maqsadida esa Amerika qishloq xo‘jalik departamentiga (USDA) 490 mln AQSh dollar ajratish ham qayd etilgan.

Bolalar uchun soliq imtiyozlari kengaytirilgan

Amerikani qutqarish rejasi to‘g‘risidagi qonunda 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun yiliga 3 000 AQSh dollarigacha bolalar soliq imtiyozi berilishi, 6 yoshdan kichik bo‘lgan har bir bolaga 3600 AQSh dollari taqdim qilinishi ta’kidlangan. Bunday holatda bir oilaning yillik daromadi 150 000 AQSh dollaridan kam bo‘lishi lozim. Yolg‘iz ota yoki onalarning yillik daromadi esa 112 500 AQSh dollaridan oz bo‘lishi talab etilgan. To‘lovlar har oyda to‘g‘ridan-to‘g‘ri depozit orqali berib boriladi.

Maktablar va bolalarga maqsadli ajratiluvchi grantlar

Rejaga muvofiq 2023-yil 30-sentyabrgacha maktabgacha ta’lim va 12 yillik ta’lim tizimi uchun 122 mlrd AQSh dollar ajratiladi. Ushbu mablag‘lar sinfxonalarni ta’mirlash va boshqa kerakli jihozlar sotib olishga yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga kollej va universitet talabalariga ko‘mak sifatida 40 mlrd AQSh dollar mablag‘ beriladi.

Pandemiyaga qarshi choralar

50 mlrd AQSh dollar mablag‘ vaksina sinovlari va virusning tarqalishini oldini olish chora-tadbirlariga, 7,66 mlrd AQSh dollar esa shifoxonalarda tibbiyot xodimlarining sonini oshirishga yo‘naltiriladi. Yana shuningdek 16 mlrd AQSh dollari vaksinalarni tarqatish va yetkazib berish xizmatini amalga oshirishga sarflanadi.

Amerikani qutqarish rejasi shtatlar va shaharlarga 350 milliard dollarlik yordamni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu mablag‘lar pandemiya oqibatida kamaygan soliq tushumining o‘rnini qoplash maqsadida sarf qilinadi.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring