Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikaliklar nega sun’iy go‘sht yeyishga majbur bo‘lishyapti?

Amerikaliklar nega sun’iy go‘sht yeyishga majbur bo‘lishyapti?

Foto: «Yandex.ua»

Koronavirus pandemiyasi tufayli go‘sht yetishmovchiligi natijasida amerikaliklar sun’iy go‘shtga o‘tishga majbur bo‘lishdi. U esa tabiiy go‘shtga qaraganda qimmatroq, deb yozadi «Wired».

«Nielsen»ning ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 2-fevraldan 2-maygacha alternativ go‘sht savdosi hajmi 264 foizga oshgan. Bunga yirik go‘sht korxonalari yopilishi, yetkazib berishdagi uzilishlar, tabiiy go‘sht tanqisligi va narxining qimmatlashishi sabab bo‘ldi.

O‘simlik tarkibiy qismlaridan go‘sht ishlab chiqaruvchi «Beyond Meat» bu yil birinchi chorakdagi savdo hajmi o‘tgan yilgiga qaraganda 50 foizga oshganini ma’lum qildi. Mazkur bozorning yana bir ishtirokchisi — «Impossible Foods» kompaniyasi esa yil boshidan beri chakana savdo do‘konlarining soni 18 baravar oshganini ta’kidlamoqda.

Kompaniyalar xohlagan vaqtda ishlab chiqarishni to‘xtatishi yoki, aksincha, uning hajmini ko‘paytirishi mumkin. Fermerlar esa jonivorlari yetarlicha kattalashishini kutishga majbur. Ustiga-ustak, «Beyond Meat» vakilining so‘zlariga ko‘ra, bitta gamburger tayyorlash uchun kompaniya fermerga qaraganda 99 foiz kam yer va 93 foiz kam suv ishlatadi.

Mamlakatdagi ko‘pgina katta-katta zavodlar pandemiya tufayli o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Axir go‘shtni qayerga ham jo‘natadi?! Shu bois amerikalik fermerlar jonivorlarni o‘ldirishga yoki sekin o‘sishi uchun parhezga o‘tkazishga majbur bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring