Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik ota-bola lotereyada yutdik deb aldab, millionerga aylanishdi

Amerikalik ota-bola lotereyada yutdik deb aldab, millionerga aylanishdi

Foto: «Sun-sentinel.com»

AQShda ota va qiz firibgarlikda ayblanmoqda. Ular yutgan pul uchun soliq imtiyozlarini qo‘lga kiritish uchun bir necha yil lotereyalarda qatnashdik deb aldab kelishgan. Bu haqda «The Sun-Sentinel» gazetasi xabar berdi.

2015-yili Floridada istiqomat qiluvchi Kennet Rojer Edmonson va uning qizi Daniel Takila Edmonson qalbaki soliq deklaratsiyalarini ro‘yxat qila boshlagan. Ular jami 175 million dollar to‘lashni talab qilishgan.

Natijada ota va qiz AQSh Soliq boshqarmasidan 3,4 million dollar olgan. Keyinchalik amerikaliklar hech qachon yutuqli lotereya chiptasini xarid qilishmagani fosh bo‘ldi.

Palm-Bich federal sudi ularni soliqqa oid firibgarlikda ayblamoqda.

Daniel Edmonson zudlik bilan uni ozod qilishlarini va adolatsiz qaror chiqarilgani uchun kompensatsiya pulini to‘lashlarini talab qildi. Ota-bola «daxlsizlik» ekanliklarini iddao qilishmoqda.

Ayblov hukmi e’lon qilinadigan bo‘lsa, ota-bola firibgarligi uchun 20 yilga, bila turib soxta hujjatlarni taqdim etgani uchun 5 yilga qamalishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring