Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik bloger tug‘ilgan kunida halok bo‘ldi

Amerikalik bloger tug‘ilgan kunida halok bo‘ldi

Foto: Corey La Barrie

Amerikalik bloger Kori La Barri o‘zining 25 yoshini nishonlayotgan kunda baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Yo‘l-transport hodisasi 10 may kuni yuz bergan. La Barri yo‘lovchi o‘rindig‘ida, mashina boshqaruvida esa «Master tatu» shou a’zosi Daniel Silva bo‘lgan. U boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l belgisi va daraxtga borib urilgan.

Ikkalasi ham kasalxonaga yotqizilgan. Silva jiddiy jabrlanmagan, La Barri esa mashina u o‘tirgan tomoni bilan borib urilgani uchun og‘ir jarohat olib, vafot etgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi ruxsat etilgan tezlikni sezilarli darajada oshirgan, kamiga spirtli ichimlik ichgan bo‘lgani sababli, endilikda qotillikda ayblanib hibsga olingan.

La Barrining YouTube kanalida 350 mingdan ziyod obunachisi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring