Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik ayol dahshatli virus tufayli oyog‘i va qo‘lining bir qismidan ayrildi

Amerikalik ayol dahshatli virus tufayli oyog‘i va qo‘lining bir qismidan ayrildi

Foto: @theoneleggedmommy

AQShda istiqomat qiladigan 28 yoshli Jozi Vendel dahshatli kasallikni boshidan kechirdi. U nekrotik fassiit virusini yuqtirib olgan va avvaliga buni oddiy gripp deb o‘ylagan.

Vendel 2015 yilning 3 aprelida yarim tunda uyg‘onib ketadi. Uning butun badani qaqshab og‘rirdi va isitmasi ko‘tarilib ketgandi. Jozi gripp bo‘lib qolganman, deb o‘ylaydi va ertasi kuni ishidan javob oladi. Peshin vaqtiga kelib ayolning har ikki oyog‘ida og‘riq boshlandi va u olti soat davomida issiq dush qabul qildi. Chunki faqat issiqda o‘zini biroz yaxshi his qilardi.

Vendel turmush o‘rtog‘i ishdan qaytgandan so‘ng shifokorlarga murojaat etishga qaror qildi. Er-xotin darhol ortga qaytamiz, deb o‘ylashgan edi, shu bois 10 oylik farzandini o‘zlari bilan oldilar.

Mahalliy tez yordam bo‘limida ularni darhol qabul qilishning imkoni bo‘lmadi, chunki bemorlar juda ko‘p edi. Nihoyat navbat kelgandan so‘ng Vendeldan qon tahlili olishdi va kuchli og‘riq qoldiruvchi dori berishdi. Soat 10 larga borib Jozining ota-onasi ham kasalxonaga yetib keldi.
Vendel kasalxonada yotgan vaqtda juda kuchli isitma his qiladi va ustidagi choyshabni olib tashlaydi. Bu vaqtda uning oyog‘ida futbol to‘pi kattaligida zaxa yegan joy bor edi. Joziga qarab turgan hamshira buni ko‘rib yig‘lab yuboradi va uning yaqinlari vaziyat og‘ir ekanini tushunib yetadilar.

Tez yordam bo‘limi qishloq joyida bo‘lgani bois eng yaqin kasalxonaga qadar avtomobilda ikki soatlik yo‘l bor edi. Jodining hayotini qutqarib qolish uchun vertolyot chaqirishga to‘g‘ri keldi. Ayolning yodida faqat vertolyot kasalxona tomiga qo‘ngani qoladi. Shundan so‘ng u hushidan ketadi.

Jodi Vendelda juda kam uchraydigan nektorik fassiit virusi aniqlandi. Uning bir oyog‘i tizzasidan kesildi va yana bir qo‘lining bir qismidan voz kechishga to‘g‘ri keldi. Vendel kasalxonada o‘tkazgan vaqti davomida umumiy hisobda 28 ta operatsiyani boshidan o‘tkazdi.

Hozirda u nihoyat davolanib, uyiga qaytgan. Jodining eri u kelgunga qadar uyni imkoniyati cheklanganlarga mos tarzda qayta jihozlab qo‘ydi.

Bunga qadar Amerikaning Gavayi shtatida istiqomat qiluvchi shaxs boshqa uyga ko‘chish davomida qutilardan birini ochgani va extiyotsizlik tufayli qo‘lini kesib olib, nektorik fassiit virusini yuqtirib olgani xabar qilingan edi. U o‘z vaqtida davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring