Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika jaziramasi. 147 million kishiga favqulodda harorat xavf solmoqda

Amerika jaziramasi. 147 million kishiga favqulodda harorat xavf solmoqda

Foto: «RIA Novosti»

AQSh aholisining qariyb teng yarmi juda kuchli issiq havo zonasida qolmoqda, shu munosabat bilan kecha, juma kuni Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentlik (FEMA) aholini ogohlantirdi.

«AQShning markaziy va sharqiy qismidagi 147 million aholiga jazirama xavf solmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: AQShning aholisi — 320 million kishi.

«Jazirama issiq dam olish kunlari Buyuk tekisliklar va O‘rta g‘arbdan tortib sharqiy qirg‘oqbo‘yigacha davom etadi. Issiq va nam havo birlashib xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Unutmang, ob-havo bilan bog‘liq o‘limlarning bosh aybdori AQShda — issiq havo», — agentlik «Twitter»da ana shunday xabar qoldirdi.

Bugun, shanba kuni Selsiy bo‘yicha Vashingtonda — 38, Nyu-Yorkda — 36 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Biroq muammo faqat kunduzgi havoda emas, kechasi ham havo harorati tushmayapti. Shanba kechasi harorat 26 daraja bo‘lishi kutilyapti, ammo namlik o‘ta yuqori bo‘lgani uchun bu 32 darajadek ta’sir ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring