Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerika elitasini kiyintirib kelgan brend inqirozga uchradi

Amerika elitasini kiyintirib kelgan brend inqirozga uchradi

Foto: «Brooks Brothers»

AQShdagi eng eski kompaniyalaridan biri inqirozga yuz tutdi. Ikki asrdan beri Amerika elitasini kiyintirib kelgan kompaniya yarim millard dollarlik qarz botqog‘iga botgan.

«Brooks Brothers» erkaklar kiyimiga ixtisoslashgan eng ko‘hna brendlardan sanaladi. Kompaniya Delaver shtati sudiga kreditorlardan himoyalash to‘g‘risida ariza topshirdi, deb yozmoqda «The Wall Street Journal».

«Brooks Brothers» 1818-yili oilaviy biznes sifatida ochilgan. Orada o‘tgan ikki asr mobaynida butun Amerika elitasi — siyosatchilar, Gollivud yulduzlari, yirik tadbirkorlar, sportchilar shu brend ostidagi liboslarni viqor bilan kiyib kelishgan. AQSh prezidentlari — Avraam Linkoln, Teodor Ruzvelt, Franklin Ruzvelt, Jon Kennedi, Richard Nikson, Jerald Ford, Katta Jorj Bush, Bill Klinton, Barak Obama shu brendni tanlashgan.

«Brooks Brothers» kostyumlarini kinolarda ko‘rganmiz, masalan, Ben Afflek, Uill Smit, Denzel Vashington, Jorj Kluni qatnashgan filmlarda.

Ikkita jahon urushi, ko‘plab inqirozlardan omon-eson o‘tgan kompaniya koronavirus pandemiyasi oqibatida jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga uchradi. Karantinda «Brooks Brothers» mahsulotlariga talab deyarli qolmadi. Kompaniya korxonalarida qariyb to‘rt ming kishi mehnat qilib kelgan.

Hozirga kelib kompaniyaning qarzi 500 million dollarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring