Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikadagi «Iday» sikloni 700 dan ziyod kishining umriga zomin bo‘ldi

Afrikadagi «Iday» sikloni 700 dan ziyod kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: «BBC»

Afrikaga bundan bir hafta avval yopirilgan «Iday» tropik sikloni sabab halok bo‘lganlar soni 732 kishiga yetdi, yana minglab kishilar yordamga muhtoj.

Mozambik hukumatining xabariga ko‘ra, mamlakatda 417 kishi halok bo‘lgan. Zimbabvedagi to‘fon 259 kishining umriga zomin bo‘lgan. Malavida esa yog‘ingarchilik sabab vafot etganlar soni 56 kishini tashkil etdi. Tirik qolgan kishilar boshpana va oziq-ovqat qidirmoqda.

BMT gumanitar bo‘linmasining ogohlantirishicha, kuchli yog‘ingarchilik sabab qit’ada yana toshqinlar ro‘y berishi mumkin. Tabiiy ofatlar keltirgan zararni faqatgina toshqinlar to‘liq yakunlangach aniqlash mumkin bo‘ladi.

Qurbonlar soni mingdan oshishi tahmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring