Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikada o‘limga olib keluvchi noma’lum kasallik paydo bo‘ldi

Afrikada o‘limga olib keluvchi noma’lum kasallik paydo bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tanzaniyaga noma’lum kasallik tufayli vafot etgan ayolni tekshirish uchun o‘z mutaxassislarini jo‘natdi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Internetda Amerikaning kasalliklar va nazorat markazi vakili Jastin Uilyamsning noma’lum kasallikdan vafot etgan tanzaniyalik ayolda bir paytning o‘zida Ebola, Denge hamda bezgak simptomlari kuzatilgani haqidagi xabari paydo bo‘lgandi. Mutaxassis bu shu paytgacha noma’lum kasallik bo‘lib chiqishidan xavotirlangandi.

JSST Tanzaniya sog‘liqni saqlash vazirligidan hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishni so‘radi. Tashkilot tez orada Tanzaniyaga jo‘natilgan guruh ishi natijalari ma’lum qilishini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring