Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Safari uchun eng yaxshi uch mamlakat tanlandi

Safari uchun eng yaxshi uch mamlakat tanlandi

Foto: «African Wildlife Safaris»

Avvalo «safari» so‘ziga oydinlik kiritib olsak: ilgari buni ko‘proq ov-sayohatga ishlatishardi, endi asosan yovvoyi tabiat qo‘yniga tomosha uchun uyushtirilgan ekskursiyalarni «safari» deyishmoqda. O‘zimizning tilda — safar.

Demak, Afrikada 2018-yilning safari uchun eng yaxshi mamlakati qit’a janubi-g‘arbidagi Botsvana bo‘ldi. Bu haqda «Travel Daily News» xabar berdi. Sayohatchilar va ekspertlarning uch mingdan ortiq sharhlarida Botsvana eng ko‘p tilga olingan.

Sayyohlarga Botsvananing o‘ziga xos tabiati, Kalaxari sahrosining betakror manzaralari, Okavango daryosi deltasidagi botqoqlar va sho‘r ko‘llari yoqqan.

Yovvoyi tabiatni o‘rganish uchun sayyoramizdagi eng yaxshi maskanlardan hisoblangan Tanzaniya «safarilar reytingi»da ikkinchi bo‘ldi. Botsvananing sharqiy qo‘shnisi Zimbabve esa uchinchi o‘rinda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring