Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abgor yo‘llar videosini olib tarqatganlarni hibsga olish buyurildi — Tanzaniya

Abgor yo‘llar videosini olib tarqatganlarni hibsga olish buyurildi — Tanzaniya

Foto: «Nanook»

Tanzaniya viloyatlaridan birining gubernatori mamlakatdagi eng yirik Ngorongoro milliy bog‘i yo‘llari yomon holatda ekanligi tasvirlangan videoni tarqatgan kishilarni hibsga olishni buyurdi. Videoni tarqatganlar «iqtisodiy qo‘poruvchilik» uyushtirishda ayblanmoqda. Bu haqda «Regnum» Tanzaniyaning «Azam TV» telekanaliga asoslanib yozmoqda.

Telekanal jurnalistlari xabar berishicha, viloyat gubernatori Arusha Mrisho Gambo videoni tarqatganlarni «mamlakat sha’nini bulg‘ash»da ayblagan va hudud politsiya rahbariga videoni tarqatganlarning asl maqsadini ochiqlash uchun ularni hibsga olish va so‘roq qilishni buyurgan. Gamboning nazarida, muammolarga duch kelinganida ularni internetda tarqatish emas, balki amaldorlarni boxabar qilish kerak ekan.

Internetda tarqatilgan videoda Ngorongoro qo‘riqxonasi yo‘lida botib qolgan sayyohlar mashinalari tasvirlanib, muallif yo‘llarni tuzatish kerakligini ta’kidlab, mahalliy hukumatdan biron chora ko‘rishni so‘ragan edi.

Internet orqali videoni tomosha qilganlarning aksariyati gubernator Gamboning qaroridan so‘ng uni tanqid ostiga olishdi: «Odamlarga tahdid qilguncha, yo‘llarni ta’mirlash kerak!».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring