Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

96 yoshida universitetni a’lo baholarga bitirdi

96 yoshida universitetni a’lo baholarga bitirdi

Juzeppe Paterno 96 yoshda. U Palermo universiteti tarix va falsafa fakultetining eng yaxshi bitiruvchisi sanaladi. Nochor oilada tug‘ilgani sababli yoshligida ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. U nafaqaga chiqqanda o‘z orzusini ro‘yobga chiqardi. Italiyaning eng keksa talabasi hayotiga nazar.

Juzeppe Sitsiliyaning kambag‘al oilasida dunyoga kelgan. Bolaligida boshlang‘ich maktabni tugatishga arang ulgurgan. So‘ngra harbiy dengizchi bo‘lib, frontga otlangan — Ikkinchi jahon urushi boshlangan.

Frontdan qaytib kelgach u temiryo‘lga ishga kirgan. Chunki oilasi — rafiqasi va ikki farzandini boqishi kerak edi. Shunga qaramay, Juzeppe 31 yoshida o‘rta maktabni bitirishga vaqt topgan.

1984-yilda nafaqaga chiqqach sobiq temiryo‘l xodimi onasidan meros qolgan yozuv mashinasida oq qog‘ozlarni qoralay boshladi.

2017-yilda u oliygohga kirishga qaror qildi. Uch yillik o‘qish davriga biroz kech bo‘lganini tushunib tursa-da, o‘z-o‘ziga: «Hozir yoki hech qachon. Ko‘ramiz, uddalarmikanman», dedi. Va u o‘qishga kirdi...

Talaba barcha sessiyalarni a’loga topshirdi — kursdoshlari bilan bo‘ladigan bazmu jamshidlar uni qiziqtirmasdi, elektron gadjetlardan ko‘ra bosma kitoblarni afzal ko‘rardi.

Kursning eng yaxshi talabasi taqvimga bitiruvgacha qolgan kunlarni belgilab qo‘ymoqda.

Diplomni topshirish marosimidan bir necha kun oldin Juzeppe Santa-Mariya-dei-Rotoli qabristoniga bordi. U yerda 2006-yilda vafot etgan rafiqasi Stefan Battalyaning xoki saqlanadi.

Bitiruv kuni Juzeppening o‘g‘li, 72 yoshli Ninni otasiga karavotdan turishga yordamlashyapti.

Hayotidagi eng muhim voqealardan birining arafasida Juzeppe o‘ziga oro beryapti.

Yengil nonushta.

Juzeppe o‘zidan 70 yosh kichik kursdoshlarining olqishlari ostida diplom va an’anaviy dafna gulchambarini qabul qilib olyapti. Bunday ulug‘vor yoshda universitetni bitirayotganda o‘zini qanday his qilayotgani so‘rashganida: «Hamma qatori men ham oddiy odamman», deb javob berdi.

Garchi nimjonligidan deyarli kvartirasidan chiqmayotgan bo‘lsa-da, 96 yoshli bakalavr erishgan bu yutug‘i bilan cheklanib qolmoqchi emas. «Kelajakdagi rejalarim — ilmiy ishimni davom ettirish. Avval o‘qishga vaqtim bo‘lmagan matnlarni o‘rganishga qaytmoqchiman», — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring