Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

90-yillarning eng xavfli jinoyatchilaridan biri ozodlikka chiqdi

90-yillarning eng xavfli jinoyatchilaridan biri ozodlikka chiqdi

1990-yillarning eng xavfli uyushgan jinoiy jamoalaridan birining a’zosi Igor Burtasov ozod qilindi. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Chelny-biz nashri xabar bermoqda.

Gosha nomi bilan tanilgan Burtasov to‘daboshi sifatida ish yuritgan.

2006-yilda u 21 yilga qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tash tartibi bilan ozodlikdan mahrum etilgan. Gosha jinoiy to‘da a’zosi Vasiliy Lisix va uyushgan jinoiy guruhning sobiq a’zosi Marat Garipovni o‘ldirishda aybdor deb topilgan. Biroq, Burtasov muddatidan oldin ozodlikka chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

«29 kompleks» guruhini boshida eng avval Mansur Safin tuzgan. U jinoiy to‘da nomini Naberejniy Chelnov tumanlaridan biri nomi bilan atagan. 90-yillarning boshlarida uyushgan jinoiy guruh tarkibida 500 ga yaqin kishi bo‘lgan. Ushbu to‘da Tatariston, Udmurtiya, Moskva, Moskva viloyati va Ukraina hududlarida qator jinoyatlar sodir etgan.

Tergovchilar guruhning 21 ta qotillik, shuningdek, o‘g‘irlash va noqonuniy qamoqqa olinishga oid 7 ta holatga aloqadorligini aniqladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring