Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

360 kilogramm yog‘dan haykal yasaldi

360 kilogramm yog‘dan haykal yasaldi

Foto: «Wi-fi.ru»

Nyu-Yorkdagi ko‘rgazma markazlaridan birida an’anaviy yog‘li haykal ochildi. Bu yil mualliflar o‘z ishlarini pandemiyadan so‘ng asta-sekin normal hayotga qaytayotgan o‘smirlarga bag‘ishladilar, deb xabar beradi «MIR 24».

Ular qahvaxona, futbol maydoni va uyda o‘qiyotgan bolalarni tasvirlashdi. Kompozitsiyani yaratish uchun 360 kilogrammdan ortiq yog‘ va 10 kun vaqt kerak bo‘ldi.

E’tiborga molik tomoni, art-ob’yekt har yili oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi eksponatlaridan biriga aylanadi. Ko‘rgazma oxirida kompozitsiya muqobil energiyani ishlab chiqaradigan metan reaktoriga yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring