Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

22 nafar ayol «Oskar» sovrindorini shilqimlikda ayblamoqda

22 nafar ayol «Oskar» sovrindorini shilqimlikda ayblamoqda

Foto: «Bustle.com»

Amerikalik aktyor Kyuba Gudingni «shilqimlikda» ayblayotgan ayollar soni 22 kishiga yetdi. Bu haqda «CNN» telekanali xabar berdi.

Avvalroq aktyor 2018 va 2019-yillarda Nyu-Yorkda uchta ayol bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik, shilqimlik bo‘yicha barcha ayblovlarni inkor etib, aybsizligini e’lon qilgandi.

Bungacha prokurorlar 15 nafar ayol Kyuba Gudingga qarshi chiqayotganini ma’lum qilgandi. Telekanal xabariga ko‘ra, 51 yoshli aktyorga qarshi ayblovlarga yana 7 nafar ayol qo‘shilgan. Ta’kidlanishicha, birinchi ayblov 2003-yilga borib taqaladi. Yangi arizalarga ko‘ra aktyorga qarshi ayblovlar rasman e’lon qilinmadi.

Prokuratura ayollarni ayblovning yangi guvohlari sifatida ishtirok etishi uchun sudyaning ruxsatini so‘ramoqda. Mazkur masala bo‘yicha qaror 22 yanvar kuni qabul qilinishi kerak. Aktyorning advokati Mark Jey Xellerning aytishicha, uning mijozi barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Afroamerikalik Kyuba Guding 1991-yili «Mahalladagi bolalar» filmida bosh rollardan birini ijro etgach tanilib ketgan. «Jerri Maguayr» filmidagi roli uchun 1996-yilda u «Oskar» olgan. 2002-yili aktyor Gollivuddagi xiyobonda yulduz sohibiga aylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring