Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2025 yilgi ehtimoliy yadroviy urush qay tarzda kechishi mumkin — amerikalik olimlar

2025 yilgi ehtimoliy yadroviy urush qay tarzda kechishi mumkin — amerikalik olimlar

Foto: «Siasat Daily»

AQShning bir guruh tadqiqotchilari Kolorado universitetining atmosfera bo‘yicha mutaxasissi Ouen Tun boshchiligida Hindiston va Pokiston o‘rtasida kelib chiqishi ehtimoli ko‘zda tutilgan yadroviy urushning ko‘lamlari va oqibatlari qanday bo‘lishini modellashtirib ko‘rishdi. Tadqiqot natijalari «Science Advances» jurnalida chop etildi.

Tadqiqotga ko‘ra, 2025-yilga borib Hindiston va Pokiston ixtiyoridagi yadro qurollari miqdori 400 dan 500 birlikkacha yetadi. Har bir jangovar kallak kuchi 100 kilotonna atrofida bo‘ladi.

Hindiston yuzlab strategik raketalarni ishga solsa, Pokiston 150 ta raketa bilan javob bera oladi.  Shunday bo‘lgan taqdirda bir hafta davomida 50 milliondan 125 million kishigacha halok bo‘lishi mumkin!

Tadqiqotda yadroviy nizoning iqlimga ta’siri ham o‘rganilgan. Mualliflarga ko‘ra, Hindiston va Pokistonning yadro qurollarini ishlatishi global iqlim sovishiga olib keladi. Yog‘inlar miqdori, hozirgiga solishtirilganda, 15-30 foizgacha qisqarib ketadi. Iqlim o‘z holiga qaytishi uchun bir necha yillar ketadi.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston Kashmirdagi vaziyat tanglashib borayotgani munosabati bilan Hindistonga qarshi yadro urushi boshlanishi mumkinligidan jahon jamoatchiligini ogohlantirgandi.

2019-yilning 5-avgustida Hindiston hukumati Jammu va Kashmir shtatini bekor qilib, o‘rnida ikki ittifoqchi hududni tashkil etishga qaror qilgandi. Mazkur qarorga qarshi chiqqan Pokiston bu Hindistonning ichki ishi emas deya da’vo qilgan, bosh vazir Imron Xon Hindiston bilan harbiy nizo kelib chiqishi xavfi paydo bo‘lgani haqida bayonot bilan chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring