Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2.02.2020 yilgacha Xitoyda to‘y bo‘lmaydimi?

2.02.2020 yilgacha Xitoyda to‘y bo‘lmaydimi?

Foto: «AFP 2019»

Xitoy hukumati mamlakatda koronavirus tarqalganligi bois 2-fevralgacha nikoh marosimlarini qoldirishni tavsiya etdi, deyiladi XXR fuqarolik ma’muriyati vazirligi bayonotida.

Xitoyda ko‘pgina oshiq-ma’shuqlar o‘z nikohlarini 2.02.2020-yilda qayd etishni umid qilishayotgandi. Chunki bu raqamlar birikmasi xitoy tilida «sizni sevaman» jumlasi bilan hamohang bo‘lib, «ming yilda bir marta» keladi.

Bu kun dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan bo‘lishiga qaramay, mamlakatdagi ko‘pgina hududlar «muhabbatni deb» 2-fevral kuni nikohlarni qayd etish uchun arizalarni qabul qilishga ruxsat bergandi.

Avvalroq nikohlarni 2-fevral kuni qayd etish Pekin va Xubey provinsiyalarida rasman bekor qilingandi.

«Nikohlarni qayd etish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar butun Xitoy hududi bo‘ylab muntazam xonalar dezinfeksiyasini amalga oshirishi hamda xodimlarning tana haroratini tekshirishi zarur. Nikohlarni 2-fevral kuni qayd etishni e’lon qilgan barcha tashkilotlar buni bekor qilishi va bu haqda jamoatchilikni xabardor qilishi zarur», — deyiladi bayonotda.

Oddiy ish kunlari muassasalarga ko‘p odamlar qatnashadigan marosimlardan saqlanish hamda to‘y ziyofatlarini bekor qilish tavsiya etiladi.

Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabr kuni Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga mamlakat markazida joylashgan Uxan shahrida noma’lum zotiljam tarqaganligini ma’lum qildi. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlashdi – bu 2019-nCoV koronavirusi. Bugungi kunda Xitoyda 213 nafar kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, taxminan 9,7 ming kishi kasallikni yuqtirgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring