Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2020-yilda sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi

2020-yilda sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi

Foto: «Blogapares.com»

BHTP sug‘urta kompaniyasi ekspertlari 2020-yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingini tuzishdi

Sug‘urtachilarga ko‘ra, Avstraliya — sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakat. Ulkan o‘rmon yong‘inlariga qaramay, aynan ushbu mamlakatni sayyohlar birinchi o‘ringa loyiq topishdi. «Odatiylik va ekzotika mujassamlashgani» uchun ham turistlar Avstraliyani xush ko‘rishadi.

Ikkinchi o‘rinda — Shvetsiya. Ham yoshlar, ham yoshi ulug‘larga bu mamlakat birdek yoqadi.

Uchinchi o‘rinda — yoshlar ko‘proq borishni yaxshi ko‘radigan Yangi Zelandiya. Mo‘tadil iqlim, ajoyib infratuzilma, sifatli tibbiyot, yuqori tezlikdagi internet, tep-tekis yo‘llar — kimga ham yoqmaydi deysiz!

2020-yilda sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar (top-10)

  1. Avstraliya
  2. Shvetsiya
  3. Yangi Zelandiya
  4. Italiya
  5. Niderlandiya
  6. Fransiya
  7. Islandiya
  8. Irlandiya
  9. Gretsiya
  10. Yaponiya.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring